Kitobxonlar tanlovi

YAXSHIYAMKI, HAYOTIMDA YO'QSAN

Bu dunyodagi birdan bir yagona sinovingiz — oʻzingizdir... Qanday azoblarga, magʻlubiyatlarga, ayriliqlarga duch kelishingizdan qat’i nazar, kimgadir borligingizni eslatish uchun oʻzingizni charchatmang... Bilaman: sizni sevmasa ham, baribir, undan voz kecha olmayapsiz. Lekin shuni ham bilib qoʻyingki, u ham bundan keyin oʻzini hech kim siz sevganingizchalik sevmasligini bilsa-da, baribir, sizdan voz kechdi. Hamma narsa vaqti kelib unutilishi mumkin, lekin bu aslo unutilmaydi! Intiqom olish masalasiga kelsak, tark etgan inson chin dildan sevgan insonning la’natiga qoladi! Parvardigor hammasini koʻrib turibdi. Intiqomni Parvardigorga qoldiring. Tushunib turibman: oʻsha inson sizni tashlab ketgani, tark etgani uchun azoblanayapsiz, gʻamga botyapsiz... Ammo unutmang: Parvardigor hayotingizdan sizga aslo munosib boʻlmagan bir insonni chiqarib tashlagan. Buyuk sinovlar kuchli insonlarni namoyon etadi, yuzaga chiqaradi. Kutilmaganda boshlangan har qanday boʻronning hayotingizni vayron qilishi mumkinligini oʻylab gʻamga botavermang. Ba’zi boʻronlar oldingizdagi toʻsiqlarni yoʻq qilish uchun ham koʻtariladi...

0 ta kitobxon bu asarni saqlab qo‘yishgan
0 ta kitobxon bu asarni o‘qib qaytargan
Til
O'zbek
Nashriyot
Zukko Kitobxon
Nashr joyi
Toshkent
Sahifalar soni
208
Adadi
2000
ISBN
9789943929418
Asarning yaratilgan yili
2023