Kitobxonlar tanlovi

Mangu qoʻshigʻimsan, Vatan

«Mangu qoʻshigʻimsan, vatan» 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan nashrga tayyorlandi. Harbiy sohada faoliyat yuritayotgan shoirimiz Zikrilla Neʼmat sheʼrlaridagi samimiyat uning mevasiz daraxtni xuda-bexuda silqitmasligini, yaʼni, qalbida aytar soʻzi pishib-yetilganidan soʻnggina qoʻliga qalam olishini koʻrsatib turadi. Shoirning harbiy vatanparvarlik ruhida yozilgan sheʼrlari, gʻazallari va «Spitamen» nomli dostonidan tarkib topgan ushbu kitob vatan himoyachilari uchun munosib tuhfa boʻladi, degan umiddamiz.

0 ta kitobxon bu asarni saqlab qo‘yishgan
0 ta kitobxon bu asarni o‘qib qaytargan
Til
O'zbek
Nashriyot
G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi
Nashr joyi
Тошкент
Sahifalar soni
168
Adadi
3000
ISBN
9789943514805
Asarning yaratilgan yili
2018