Kitobxonlar tanlovi

BOBURIYNOMA

Bobur Mirzo va uning shonli zurriyotlari hayotining maʼrifiy tahliliga bagʻishlangan ushbu kitob dunyoning turli burchaklarida sochilib yotgan ajdodlarimizga taalluqli bemisl maʼnaviy meros, ularning zafar va fojialari, kechmish-iztiroblari, umr saboqlaridan hikoya qiladi. Asar dastlab 1997-yili “Sharq” nashriyot-matbaa kompaniyasi tomonidan, 2019-yili esa “Maʼnaviyat” nashriyotida chop etilgan edi. Albatta, “Boburiynoma” ilk bor oʻquvchilar qoʻliga yetib borgandan soʻng oʻtgan chorak asrdan ziyod vaqt mobaynida kitobxonlarning butunlay yangi avlodi shakllandi. Ularning talab-istaklari va maʼnaviy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, endi mazkur asar lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida taqdim etilmoqda.

0 ta kitobxon bu asarni saqlab qo‘yishgan
0 ta kitobxon bu asarni o‘qib qaytargan
Til
O'zbek
Nashriyot
Adabiyot nashriyoti
Nashr joyi
Toshkent
Sahifalar soni
496
ISBN
9789943710849
Asarning yaratilgan yili
2023